Tadbirkor – elga madadkor
Xalqimiz himmati baland insonlar qadr-qimmatini hamisha yuksak qadrlagan. Sababi, tadbirli kishilar eng murakkab masalalar qarshisida ham esankirab qolmay, har qanday vaziyatdan yo‘l topib olishi bilan ajralib turganlar. Shu sababli ham Amir Temur o‘z tuzuklarida:
“Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”, deb yozgan edilar.
Shu jihatdan olib qaralganda, mamlakatimizda, ayniqsa so‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinayotganligi bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotlari ham sohadagi tizimli muammolarni hal etishi, takliflar muhokama qilinishi va yangi qulayliklar yaratishi bilan ishbilarmonlar kutadigan tadbirga aylandi.
— Biz berayotgan takliflarga hukumat rahbari darajasida e’tibor qaratilishi bu eng katta baxt hisoblanadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol bo‘lishimiz nafaqat o‘zimiz, balki yosh tadbirkorlar uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Barqarorlik reytingi bo‘yicha ham taklif bergan edik, bugun buning mevasidan bahramand bo‘lib o‘tiribmiz. O‘zimizning reytingimizni tushirmaslik uchun halol va vijdonli tadbirkorlar bilan aloqa o‘rnatganmiz. Buning natijasida bugungi kunda reytingimiz 3 ta AAAni tashkil etib kelmoqda. Bu mening tadbirkorlik faoliyatimning kelajagiga katta ishonch deganidir. Qolaversa, hududimiz 5-toifada bo‘lgani uchun faoliyatimizdan kelib chiqib mol-mulk va yer soliq laridan imtiyozlar berilmoqda. Ushbu imtiyozlardan korxonamiz unumli foydalanib, ortgan pul mablag‘larimizni zamonaviy texnologiyaga va ishchilar sonini ko‘paytirishga qaratganmiz, — deydi “Dovrug‘” xususiy korxonasi rahbari Dovrug‘bek Ro‘zmetov.
Albatta, harakat qilgan, izlanga n va mashaqqatlarni yenga olgan inson kun kelib o‘z maqsadlariga erishishi, orzulari ro‘yobga chiqishi tayin. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi natijasida tadbirkorlik rivoji sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ishbilarmonlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigi ochilib, ularning mehnatlari o‘zining munosib e’tirofini topmoqda.
Dovrug‘bek Ro‘zmetovning mehnati munosib e’tirof etilib, u Prezident farmoni bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibiga aylandi. Prezident ishonchi yuksak ruhiy va ma’naviy madad, binobarin, bu ishonch kishini xalq farovonligi yo‘lidagi yangi marralarni zabt etishga undayveradi.
Aslida harakat qilgan odam o‘z mehnatidan baraka topadi. Yangiariqlik tadbirkor Dovrug‘bek Ro‘zmetov ham bu yorug‘ kunlarga yetgunicha tinim bilmay ishladi, izlandi, yangi-yangi rejalar tuzdi va barakasidan bahramand bo‘lmoqda.
Albatta, hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar natijasida bugun o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, o‘zi, oilasi, mahalla, el-yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar safi kun sayin tobora kengaymoqda. Buning natijasida budjetga pul mablag‘larining tushishi va iqtisodiyotimizning barqarorlashishi kelajagimiz uchun zamin yaratadi.
Roman Atajonov,
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi boshlig‘i
Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat
Tadbirkor – elga madadkor
Mehnat shartnomasi – ijtimoiy himoyangiz kafolati
Жисмоний фаоллик-узоқ умр гарови
Минг бир дардга даво узум
Буйрак касалликларининг олдини олиш: маслаҳатлар ва тавсиялар
Қон босими паст бўлса...